2022 yilda 1 mln 74 mingga yaqin abituriyent OTMlarga imtihon topshirdi, ularning 550 ming nafari (51,2%) o‘tish balining eng quyi chegarasi bo‘lgan 56,7 ballni to‘play olmagan. Eng yomon ko‘rsatkich Toshkent viloyatida (55,9%) qayd etildi.
Kelgusi yildan xorijdan o‘qishni ko‘chirishda o‘tish bali joriy yilgi kirish ballari bilan bir xil bo‘lishi ma’lum qilindi. Mazkur imtihonlar DTMda o‘tkaziladi. Ichki o‘qishni ko‘chirish xususida ham yangiliklar kutilmoqda.
2021 yilda qariyb 893 ming abituriyent OTMlarga imtihon topshirdi, ulardan 319 ming nafari (36% ga yaqini) 56,7 ball to‘play olmadi. Eng yomon ko‘rsatkichlar Qashqadaryo, Samarqand va Toshkent viloyatlarida qayd etildi.
Davlat test markazi ijtimoiy tarmoqlarda suratlari tarqalgan test materiallariga taalluqli bo‘lgan abituriyentlarni test sinovidan chetlashtirmoqda. 6 avgust kuni bunday holatlar Toshkent shahri va Qashqadaryo viloyatlarida aniqlandi. Shuningdek, DTM surati tarqalgan ayrim test topshiriqlari kitobi joriy imtihonlarga tegishli emasligini qayd etdi.
Davlat test markazi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan test materiallaridan faqatgina biologiya faniga oid topshiriqlar Namangan viloyatida abituriyent tomonidan suratga olingani va u dalolatnoma asosida test sinovlaridan chetlashtirilganini ma’lum qildi.
O‘zbekistonda qariyb 950 ming nafar abituriyent oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirdi. Bu o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan 535 ming kishi yoki 36,1 foizga kam. Hujjat topshirganlarning 46 foizi sirtqi ta’limga hujjat topshirgan.
OTMlarning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarida ishtirok etish onlayn ro‘yxatdan abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi"ni berish 1 avgust sanasidan boshlanadi.
OTMlarga kirish test sinovlari 5-avgustdan boshlanadi. Test sinovlari qoida tariqasida, kuniga ikki smenada o‘tkaziladi. Shuningdek, test savollari qisqartirilib, majburiy fanlardan ular 10 tadan bo‘ladi.
Davlat test markazi rahbari Majid Karimov kirish imtihonlari xarajatlari 30 mlrd so‘mdan oshishini ma’lum qildi. Moddiy-texnik baza uchun sarflanadigan xarajatlar bunga kirmasligi aytildi. Karimovning so‘zlariga ko‘ra, DTMga o‘tgan yilgi qabul jarayonlarida 90 mlrd so‘m atrofida pul tushgan.
DTM bosh boshqarmasi boshlig‘i Farhod Mirzayev O‘zbekistonda kelgusida OTMlarga kirish imtihonlari bekor qilinishi mumkinligini ma’lum qildi. Kirish imtihonlaridan voz kechilsa, abituriyenlar maktab imtihonlari natijalariga asosan OTMga qabul qilinadi. Shuningdek, 2021−22 o‘quv yili uchun OTMlarga kirish test sinovlarini 2 ta ssenariy — yopiq va ochiq maydonlarda o‘tkazish kelishib olingan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting